Translation is not possible.

"O'zimiz katta bo'lib qoldik"

Yaqinda o'qishdan qaytayotganimda mashinada bir ayol kichik farzandlari bilan o'tirgan edilar,qish kunlari bo'lganligi uchun issiq kiyintirganlar (sharf,shapka).

Yo'l bo'yi bola ayolni tizzalarida o'tirgani uchun qiynalib keldilar,yetmaganiga bola qattiq uxlab qo'yar ekan.

Nmagadir bu xolat meni chuqur o'ylashimga majbur qildi...

Aslida esa bu - eng kichik misollardan biri

Onani farzandi uchun qancha jon kuydirayotgani,farzandi qiynalmasligi uchun o'zini qulayliklaridan voz kechayotgani va bu ishni majburlikdan emas,shunchaki qattiq yaxshi ko'rgani uchun qilishi

Katta bo'lib boryapmiz,huddiki Ota-Onamizni yordamisiz katta bo'lib qolgandek o'zimizni tutamiz, aslida esa ularni biz uchun qilgan ishlarini tasavvur ham qila olmaymiz...

Esimda shifoxonada yotganimda onamni o'zlarini mazalari bo'lmasa ham,uxlamasdan menga qaraganlari...

Onamni gaplarini endi biroz bo'lsa ham chunayapman: "O'zilar katta bo'p qoldilar-da bolam" der edilar

Allohim,yoshligimizda bizga jonini fido qilgan ota-onamizga O'zing rahm qil, ulardan rozi bo'l, Jannatning eng oliy maqomini - Firdavs ni nasib et

Send as a message
Share on my page
Share in the group