Translation is not possible.
Islom, Nasroniylik va Yahudiylik... dunyodagi uchta asosiy Ibrohimiy dinlar! Oʻxshash tomonlarimiz bisyor. Qaniydi shu uchchala din vakillari kuchlarini bir-birlariga qarshi emas, balki nafsiga qarshi, yo boʻlmasa iblisga qarshi ishlatishganida! Birlashib!!! Ajoyib orzu, shunday emasmi? Ammo...
Yahudiylar nafslariga yengilishdi va oʻta ayyorlashib ketishdi; shu dunyoga mehr qoʻyib takabburlikka berilishdi (hammasi emas asosan sionistlar)...
Nasroniylar ham nafslariga yengilishdi va Injilni oʻzgarishlarga boy kitoblardan biriga aylantirishdi. Natijada haqdan juda-juda adashib ketishdi.
Musulmonlar ham (radikal toʻdalar, jangarilar) nafslariga yengilishdi va agressiyaga juda moyil boʻlib, qotillarga aylanishdi.
Ushbu sinov dunyosida har kim tinch yashashga haqli. Ayniqsa, Ibrohimiy dinlar, bir-biriga nisbatan xusumatni bir chetga surib qoʻyish kerak boʻlgan paytlar allaqachon keldi! (radikal toʻdalar, satanizm hamda shu kabi konfessiyalar bundan mustasno)
Send as a message
Share on my page
Share in the group