Translation is not possible.

Assalomu alaykum hammaga!

Butun dunyodagi hozirgi tendensiyadan xulosa qilib, tengqurlarim, aka-ukalarim va opa-singillarimga shu narsani qattiq tavsiya qilmoqchiman:

Biz hozir "Islom nima?" savoliga emas, "Nega Islom?" savoliga koʻproq javob topishimiz kerak. Bu bilan nima demoqchiman?

Koʻpchilik dinning maʼlum bir qismiga, deylik fiqhga, qattiq kirishib ketadi, ammo hayot va ilm fan bilan bogʻlay olmaydi. "Dinimizda aytilganki..." deydi, lekin uni boshqa dindagilarga yo ateistlarga umuman qizigʻi yoʻq.

Fanga doir biror savol berilsa bilmayman deb boshqaga yoʻnaltiradi, lekin oʻsha yoʻnaltiriladigan shaxslar ham hozir juda kam va jamiyat ularni tanimaydi. Shu boʻshliqni toʻldirish siz-u bizni boʻynimizda!! Shunchaki, "Musulmonman, Alhamdulillah" deyish bilan ish bitmaydi hozir. Birov sizdan "Nega musulmonsan?" deb soʻrasa "Shunday tugʻilganman, shunday o'laman" deyish ham yaramaydi. Bu bilan ummat shaʼniga dogʻ tushiramiz. Shunday javob beradiganlar koʻpligi tufayli dunyo musulmonlarni ilmsiz deb oʻylayapti hozir. Bunday emasligini isbotlash vaqti keldi.

Islom haq din ekanligiga hech qanday shubha yoʻq. Shuni gʻayri din va dinsizlarga oʻzlarini tilida tushuntirishimiz kerak. Nima demoqchiligimni tushungandirsiz?

Xullas, doʻstlar, dinni oʻrganishda bardavom boʻlaylik va fanni bunga asos qilaylik. Zero, ummatga hozir aynan shunday insonlar kerak.

Charchamang!

Send as a message
Share on my page
Share in the group