#sheriyat
Xolat
Dunyoda ko'p hikmat, tilsim
Yuraklar unsiz bo'zlab yotibdi
Tushunganlar mudom o'tiribdi jim
Tushunmaslar tinmay so'zlab yotibdi.
Yo'q amal mo'minda taqvoni bilmas
Bari og'izga ko'chgan so'zlab yotibdi
Noqobil farzandi itoat qilmas
Ota jim, o'z aybin bilib yotibdi
O'z yurti, tuprog'i, vatani turib
Tunu kun chet elni ko'zlab yotibdi
Baxtu-saodatin dunyodan bilib
Amalni chetga surib ishlab yotibdi
Qurdning o'ljasini ko'zlagan shoqol
Burchakda bildirmay pisib yotibdi
Birovning haqqini yegan ochko'zlar
Sirtida bildirmay qusib yotibdi
Ximoloy toqatidan past ko'rinib voh
Mazlum ingrab nido qilib yotibdi
Tuproq bag'rida ne zolim, mazlum
Alloh adolatin kutib yotibdi
Sen yo'qkan ul ko'ngil bechora, g'arib
Zikringdan nechalar g'ofil yotibdi
Eng buyuk ozodlik senga qullik deb
Nechalar tuproqda shaxid yotibdi
©️ Ahmad Muhammad Zokir
#sheriyat
Xolat
Dunyoda ko'p hikmat, tilsim
Yuraklar unsiz bo'zlab yotibdi
Tushunganlar mudom o'tiribdi jim
Tushunmaslar tinmay so'zlab yotibdi.
Yo'q amal mo'minda taqvoni bilmas
Bari og'izga ko'chgan so'zlab yotibdi
Noqobil farzandi itoat qilmas
Ota jim, o'z aybin bilib yotibdi
O'z yurti, tuprog'i, vatani turib
Tunu kun chet elni ko'zlab yotibdi
Baxtu-saodatin dunyodan bilib
Amalni chetga surib ishlab yotibdi
Qurdning o'ljasini ko'zlagan shoqol
Burchakda bildirmay pisib yotibdi
Birovning haqqini yegan ochko'zlar
Sirtida bildirmay qusib yotibdi
Ximoloy toqatidan past ko'rinib voh
Mazlum ingrab nido qilib yotibdi
Tuproq bag'rida ne zolim, mazlum
Alloh adolatin kutib yotibdi
Sen yo'qkan ul ko'ngil bechora, g'arib
Zikringdan nechalar g'ofil yotibdi
Eng buyuk ozodlik senga qullik deb
Nechalar tuproqda shaxid yotibdi
©️ Ahmad Muhammad Zokir