Translation is not possible.

#sher

Umr ne? Soyada bir on tin olmoq

Soyasi yōq kunga kōrmoq taraddud

Muqaddas da'voga mulozim bōlmoq

Qalbga jo aylamoq yolğiz bir Ma'bud

Agar shohid bōlsang, ey bechora nafs

Havongga ergashma, bas, xotirjam bōl

Ki, Jannat eshigin ochib berolmas

Allohning arqonin ushlamagan qōl

Ey nafs, biror kimga bermagin ozor!

Yo yaxshi bir sōz ayt, yo dema bir sōz

Dushvor bil Jannatga solmoğin nazar

Hayo pardasiga ōralmagan kōz

Ey nafs, harom bilan ōstirma bir et!

Hisobingdan oldin kitobingga boq

Rizoyi Allohga eltarmi? Fikret!

Sahoba izidan yurmagan oyoq

Ashhadu deb aytgin, ey nafs betinim!

Ki, tosh-la dōzaxga bōlğusi qalosh

Taqvo libosini kiymagan jism,

Robbiga sajdaga yiqilmagan bosh.

Umr ne? Soyada bir on tin olmoq...

-Shuhrat- 26.11.2022

Send as a message
Share on my page
Share in the group