Translation is not possible.

Kulayotgan bu ko'zimiz qursin.

Bizdek nomardlarni tarixdan o'chir.

Sening bir kuninga yaramadik-a...

Falastin, Falastin, bizlarni kechir!

Og'zimizda osh, qo'llarda sharbat.

Sen bo'lsa bolangga yomg'irni ichir.

Bir burda non olib yugurmadik-a...

Falastin, Falastin, bizlarni kechir!

Kel, yoqadan tut, og'zimiz qonat.

Balki shunda holingga ichimiz achir.

Tosh bosgan bolangni qutqarmadik-a...

Falastin, Falastin, bizlarni kechir!

Shuncha o'lim ummatni uyg'otolmadi.

Asli "Al Yasin"ni bizlarga uchir

Ko'zni chirt yumdik-u, uxlavordik-a...

Falastin, Falastin, bizlarni kechir!

(Barcha najot sengadir, yutuq sengadir.

Qalbingdagi umidni hech ham o'chirma

Endi ham yelkasin tutmasa ummat.

Falastin, Falastin, bizni kechirma! )

( Ortiqali To'lanboyev )

Al Yasin 105 - Falastining XAMAS jamoasining Isroil va u bilan birlashgan AQSH qo'shinlarining ko'plab askarlari-yu zirhli moshinalarini yer tishlatayotgan harbiy qurolning bir turi.

@ortiqali_tolanboyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group