Translation is not possible.

Yig’lama vatan, sendan hali bahor yiroqda,

Gullamaydi gullar quyoshda,

Bulut ketmas osmoningdan hech,

Horg’in ko’zing yana omochda.

Kun sanama ba’ri foydasiz,

Ikkinchidan farqlimas biring.

Nafas olma to’yib havodan,

Ayb qidirma aybdor o’zing.

Nima qilish so’rasang mendan,

Shamingni ol va ko’rpangga o’ran.

Shukur aytgin ichingda pinhon,

Bu kadrni bobong ham ko’rgan,

Ochsa agar umr daftarin.

Ol kitobingni, keraksiz axlat,

Balkim kerak o’choq yoqgani.

O’qib uzun kimgadur la’nat,

So’ng ichamiz go’shtsiz mastavani.

Muhammad Ikrom

#eslatma #kitobdan #hikmat

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group