Translation is not possible.

"ISLOMNING MOZIYI"

Islomning moziyi naqadar goʻzal,

Bunga atab yozdi Navoiy gʻazal.

Shular qator men ham yozay bir asar,

Foydalandim koʻproq Rumiydan "Mas'al"

Abu Bakr edi ummat Siddig'i,

Alloh Rosulini doyim sodigʻi.

U ehson qilmagan oila qolmadi,

Buni bilgan Umar rosa yigʻladi.

Agar shayton koʻrib qolsa Umarni,

Oyoq-qo'li titrab zinda qochardi.

"Umar yurgan yoʻldan yurmayman" deya,

Alamini qolganlarga sochardi.

Farishta hijolat uning oldida,

Hayo taraflama ojizmiz deya.

Usmonni hurlar sevib qoldida,

Biz uni sevishda tengsizmi deya.

"Ummatning Arsloni" Aliyni eslang,

Maydonga kirganda juda tosh bagʻir.

Sizlar Aliy kabi boʻlishni koʻzlang,

"Islomning ustuni" shularku axir.

Bilolku Rosulni eng sevgan inson,

Rosulullohdan soʻng aytmadi Azon!

U vaqtlar emasdi din qadri arzon,

Bizchi? Biz boylik deb boʻldikku yakson.

Biloliddin.

10-10-2023

Send as a message
Share on my page
Share in the group