Translation is not possible.
Bu tog'lar yeridan ayrilar bir kun.
Necha ming yillarda chirigan jonlar.
Haqning amri ila tirilir bir kun.
Shu qarshingda tog' bo'lsa.
Atrofi siyohrang sumbulli bog' bo'lsa.
Og'a bo'lsa, podshoh bo'lsa, bey
bo'lsa.
Yoqasiz ko'ylakka o'ralar bir kun.
Bu dunyoda odam o'g'liman dersan
Haromni, Halolni, to'xtamay yersan
Yema el molini bir kun berarsan
Ignadan- ipgacha so'ralar bir kun.
To'lqin Izzatov tarjimasi
Send as a message
Share on my page
Share in the group