3 ай Тәрҗемәсе
Татарчага аудару мөмкин түгел.

#shunchaki

Men ko'pincha tinch bo'lgani uchun tunda, hamma uxlaganda dars qilardim. Kunduzi ham uxlamasdim, boshida hammasi yaxshi edi. Bora bora uyqusizlakka chalindim. Kuni bilan charchoq, bosh og'rig'i, holsizlik, energiya yo'q. Aksiga olib kun tartibim o'zgarib ketti, darslarimni vaqtida qilolmay qoldim.

Yaqinda Abdulaziz Muhammaddan qo'y bilan it voqeasini eshitib kun tartibimni boshqattan reja qilishni boshladim.

Bir kuni it kelib qo'ydan so'ragan ekan: "Sizlar har kuni so'yilasiz, har kuni minglab qo'ylar so'yiladi, lekin hech kamaymaysiz, kundan kunga ko'payib ketaverasiz. Siz qo'ylar ikta tuqqaningizga, biz itlar o'ntalab tug'amiz, lekin bizda ko'payish o'rniga kamayish bor. Buni nimadanligini bilasanmi?" deb so'raganda, qo'y: "Bu judayam onson. Chunki biz judayam erta turamiz, kunni quyoshdan avval boshlaymiz va kechqurun xuftondan keyin uxlaymiz. Sizlar esa, kunduz kuni deyarli yotasizlar, kechqurun esa daydib yurasizlar. Mana shuning uchun kuningizda ham hayotingizda ham baraka yo'q." degan ekan.

Agarki kuningizda ham ilmingizda ham baraka bo'lishini, hayotingizni har bir jabxasida baraka bo'lishini xohlasangiz quyoshdan avval uyg'oning!"

Ilm olish yo'lida Abdulaziz Muhammad darsliklaridan yana ko'p motivatsyalar olish mumkin.

Send as a message
Share on my page
Share in the group