Translation is not possible.

Bilol qoʻlini qulogʻiga quyib, to Makka koʻchalarigacha, Umayya ibn Xalafning uyigacha eshittirmoqchidek boʻlib, jon dilidan "Allohu Akbar, Allohu Akbar" dep bor kuchi bilan hayqirardi.

Bir safar bomdod namoziga azon chaqirish uchun kelganida, Sarvari anbiyo paygʻambarimiz hali uyquda ekanlar. Eshik oldida toʻxatadi. "As-solatu xoyrum minan-navm" (Namoz uyqudan afzaldir) dep ovoz berdi. Paygʻambarimiz (s.a.v) bu sasdan uygʻonib, mamnun boʻldilar va:

- Ey Bilol, shu soʻzlaringni doim bomdod namozi azoniga qoʻshib ayt, - dedilar.

Soʻzlari Bilolga oid, zaruriyati Allohning rasuli tarafidan tasdiqlangan bu jumla to Qiyomatga qadar har bomdod namozida yangrajak va Biloldan unutilmas xotira sifatida yoq etilajak.

📚Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group