Translation is not possible.

Qanday qilib maqsadlardan

Voz kecha olarman men

qanday qilib ishni tanlab

ilmdan qolarman men

Deyarli voz kechib bo`ldim

o`zim sevgan ishlardan

chin baxt menga berolguvchi

bebaho yumushlardan

O`zim istamagan ishda

hozir ishlamoqdaman

hatto shuning uchun deb

qattiq siqilmoqdaman

balki oyligim yaxshidir

balki yaxshi bo`lardir

ne bo`lsa ham ilm yo`li

orzum bo`lib qolardir

ilm muhitin qidirdim

shu paytgacha ishoning

bu muhitni topmasangiz

o`zingiz asos soling

Ko`nglimda yo`q hotirjamlik

sezmayapman baxt quvonch

seza olsam men bardamlik

kelajagimga ishonch

#аудиокнига #книги #eslatma #Глава_10 #книга

Send as a message
Share on my page
Share in the group