Translation is not possible.

Hafsa roziyallohu anhuning otasi xalifa Umar roziyallohu anhu davrlarida mavqei juda yuqoru bo'lgan, Umar roziyallohu anhu u bilan har sohada maslahatlashib, bahamjihat ish ko'rar edilar. Jumladan, ayollarga xos masalalarda ham aynan qizidan maslahat olib, tavsiyalar asosida qarorlar qabul qilar edilar. Sahobiylar ham Umar roziyallohu anhudan botinib so'ray olmagan masalalarni Hafsa roziyallohu anho orqali so'ratganlar. Abu Bakr roziyallohu anhu davrlarida hazrati Umar roziyallohu anhu takliflari bilan Zayd ibn Sobit tomonidan kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozilib, avvaliga Abu Bakr roziyallohu anhuning uylarida, so'ng Umar roziyallohu anhuning uylarida Qur'oni Karim saqlangan, Umar roziyallohu anhu vafotlaridan keyin yangi xalifa saylanguniga qadar Hafsa roziyallohu anhoning uyida saqlangan. Xalifa Usmon roziyallohu anhu ushbu mas'hafdan nusxa ko'chirish maqsadida Hafsa onamizdan ma'lum vaqtga olib turganlar, nusxa olingandan so'ng qaytarib berganlar va umrlarining oxiriga qadar Hafsa onamizda qolgan.

Hafsa roziyallohu anhu 60ta hadis rivoyat qilganlar. Bu borada Ayollar ichida 4 o'rinda edilar. Oisha roziyallohu anho, Ummu Salama roziyallohu anho va Maymuna roziyallohu anhodan keyingi o'rinda turadilar.

©Chodakiy

https://t.me/+CnixzNED6WAyOGYy

1 view
Send as a message
Share on my page
Share in the group