Translation is not possible.

Sizdan boshqa hammamizni bu dunyo o'zgartirib yubordi ey Abu Ubayda..

Umar ibn Xattob r.a

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh solollohu alayhi vasallam: "Albatta har bir ummatning amiyni bordir. Albatta, bizning amiynimiz, ey ummat, Abu Ubayda ibn Jarrohdir" dedilar".

ABU UBAYDA ibn Jarroh - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan keyin islomga birinchi bo'lib kirgan kishi. Asharai Mubashsharalardan.

Ismi Omir, quraysh qabilasining bani Fixr urug'idan bo'lgan. Abu Ubayda ibn al-Jarroh Habashistonga, keyin Madinaga hijrat qilgan. Muhammad (sav) bilan hamma g'azotlarda gatnashgan.

Islom tarixida shijoatli va o'ta jasur mujohid, buyuk sarkarda, odil bir inson sifatida tanilgan. Otasi Badr jangida makkalik mushriklarga qo'shilib, musulmon qo'shinlariga qarshi kurashgan, og'li Abu Ubayda ibn Jarrohni o'ldirishga qasd qilgan, doimo uni ta'qib etgan.

Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida Shom (Suriya) fathi uchun yuborilgan.

Abu Ubayda ibn al-Jarroh odil, shafqatli va halim zot bolgan. Bu hol dushmanni yengishga qol kelgan, Shomning urushsiz olinishiga sabab bo'lgan.

639 yil Shomda og'ir, yomon kasalik (touni amvos) garqalgan. Kasallik dastlab Falastindagi Amvos qishlog'idan chiqqan bolib, bu kasallikdan bir oy ichida yigrma ming musulmonlar vafot etgan.

Abu Ubayda ibn al-Jarroh ham shu kasallik qurboni bo'lgan. Abu Ubayda ibn al-Jarroh Urdun (lordaniya) nohiyasida vafot etgan, qabri Shariat daryosining g'arb tomoni, Amyo qishlog'idadir.

Umar (r.a) o'zidan keyin xalifalikka Abu Ubayda ibn al-Jarrohni munosib nomzod deb bilgan.

Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhu 15ta hadis rivoyat qilganlar.

Sohibqiron Amir Temur barcha sahobiylar qarori bu insonga ham o'zgacha ehtirom ko'rsatganlar. 1401 yil Amir Temur Shom yetlarini zabt etganida Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhuning qabrlarini ziyorat qildilar. Qaytishda esa u zotning mozorlaridan tuproq olib kelib, Qarshi shahrida Abu Ubayda roziyallohu anhuning ramziy maqbarasini barpo qildilar. Mazkur ziyortagoh xalq orasida Xojai Turob nomi bilan mashhur bo'lib, uning atrofida katta qabriston barpo etilgan. Sovet ittifoqi davrida ko'plab tarixiy obida, ziyortagohlar qatori bu ziyoratgoh ham xaroba holiga kelgan. Mustaqillikdan so'ng mazkur ziyoratgoh ham tarixiy, ma'naviy, madaniy meros sifatida qayta tiklana boshladi. 2012-2013 yillarda amalga oshirish ishlari natijasida bugun Qarshi shahrida Xojai Jarroh nomi bilan ulkan, obod ziyoratgoh qad rostladi.

©Chodakiy

https://t.me/+CnixzNED6WAyOGYy

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group