Translation is not possible.

Xazrati Sulaymonning uzugi

Rivoyatlarda kelishicha, Sulaymon alayhissalomning “Bu dunyodagi hamma narsa oʻtkinchi” degan soʻzlari oʻyib yozilgan uzugi boʻlgan ekan. Sulaymon alayhissalom hayotining qaygʻuli onlarida uzukdagi ana shu hikmat magʻzini chaqib, koʻngliga taskin topar ekan.

Bur kuni uning boshiga shunday baxtsizlik tushibdi-ki , hatto uzukdagi soʻzlar ham dardiga malham boʻlmay qolibdi. Shunda xazrati Sulaymon uzukni yechib, gʻazab bilan otib yuboribdi. Dumalab borayotgan uzukning ich tomonida yana qandaydir bitik borligini tuyqus koʻrib qolibdi. Oʻrnidan turib uzukni qoʻlga oladi va ichidagi yozuvni oʻqiydi. Unda “Bu ham oʻtib ketadi” degan bitik bor ekan. Sulaymon alayhissalom kulimsirab uzukni yana barmogʻiga taqib oldi va umrini oxirigacha yechmadi.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group