Translation is not possible.

Sinovlar

Qiyinchiliklar, alamlar, qayg'ularning barchasi bu yuqorilikdan,ko'tarilishdan,tepaga chiqishdan dalolatdir.

Tasavvur qiling siz bir tog'ga chiqmoqchisiz, xo'sh shundoqqina oson qiynalmasdan, yengil huddi qushdek uchib chiqib ketasizmi?

Yo'q albatta!

Malum bir xarsang toshlar, balandliklar, qiyaliklar, sirpanchiq toshlar, va shunga o'xshash anchagina ko'plab qiyinchiliklar kutib turibdi va marraga mana shu qiyinchiliklarsiz yetib bo'lmaydi.

To'g'ri boshida rosa qiynlasiz, lekin ishoning o'rganib qolasiz

Faqat o'sha muammoning yechimini bilib oling, shunchaki tashlab ketmang.

Chunki o'sha qiyinchilik boshqa bir ko'rinish ila yana sizga duch keladi.

Tushunyapsizmi!?

Tog'da sizga uchragan toshdan qanday o'tishni bilib olsangiz keyingi toshlardan ham osongina o'tib olasiz.

Hayot ham shunga o'xshash aslida.

Va yana bir aytadigan so'zim siz ne bir qiyinchiliklar bilan chiqqan cho'qqining oddiy tekis yo'ldan farqi juda kattadir.

Qiynlayapsizmi biling siz yuqori cho'qqiga harakat qilayotgan bo'lasiz.

Yo'lingizda turib qolmang harkatdan to'xtamang.

Agar ozgina ortga qarasangiz ortga bira to'la yiqilishingiz mumkin, endi ortda qolganlar qoldi.

Muvaffaqiyat faqat yaxshi niyat ila tolmasdan harakat qilganlarnikidir.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group