Translation is not possible.

🌿 Abu Bakr roziyallohu anhu vafot etib, xalifalik Umar roziyallohuanhuga topshirildi. Umar roziyallohu anhu davlat ishlari bilan mashgʼul boʼladilar. Hujjatlarni birma-bir koʼzdan kechirib chiqqan Umar roziyallohu anhu sandiqlarning biridan bir idish topadilar. Dirham toʼla bu idishning ichida bir qogʼoz ham boʼladi:

Men Rosulullohning xalifasi Abu Bakr, xilofotim davomida davlat xazinasidan (baytulmol) menga ajratilgan maoshni olishimga hayo qildim, bir dirhamini ham ishlatmadim. Chunki, mening maqomim risolatni haq-ajr evaziga emas, faqat va faqat Alloh roziligi uchun yetkazgan Rosulning maqomidir. Kunimni esa oʼz gʼayratim bilan oʼtkazdim. Mendan keyin boʼladigan xalifaning maoshi shu idishning ichidagi dirhamdan toʼlansin. Davlat xazinasiga kiritilsin.

Hayoti Abu Bakr roziyallohu anhu bilan musobaqalashish bilan oʼtkan Umar roziyallohu anhu qogʼozni oʼqib oʼtirib qoldilar. Yigʼlab shunday deydilar:

— Naqadar buyuksan, ey Abu Bakr! Hayotligingda sendan oʼzib ketishimga fursat bermading. Vafot qilib ham imkon bermayapsan....

Send as a message
Share on my page
Share in the group