Translation is not possible.
Payg'ambarimiz (s.a.v)ning amakilari Abu Tolib va Buhayro otliq bir obid kimki Iso alayhissalom keltirgan haq dinni tutgan, u yo‘ldan adashmagan, Tavrot, Injil o‘qigan katta olimlardin bo‘lib, Payg‘ambarimiz sifatlarini Tavrot, Injil kitoblarida o‘qib bilgan. Ul aytur edikim:
— Ey Abu Tolib, sizga xushxabar, bu o‘g‘lingiz voyasiga yetsa, Alloh taoloning habibi, anbiyolar sarvari— oxirzamon Payg‘ambari bo‘lur. Tavrot va Injilda sifatlari yozilmishdur. Uzun yillardin beri savmaada yotib, shuni kutmoqda edim. Alhamdulilloh, bugun maqsadimga yetdim. Shom shahridagi yaxud olimlari ham o‘z kitoblarida bu voqeani ko‘rib, alar ham kutib turmoqdalar. Chunki Alloh taolo tarafidin Payg‘ambarlarga berilgan barcha kitoblarda bu Payg‘ambarning sifatlari bayon qilingandur. Shu jihatdan yahud, nasoro olimlari bu ishdin xabardordurlar.
Endi bundoq ulug‘ darajali payg‘ambarlar alardin bo‘lmay, arab naslidin chiqqanligi uchun, hasadlari qo‘zg‘olib, ko‘ngillarida qattiq adovat saqlamoqdadurlar. Endi maning sizga do‘stlik so‘zim shuki, Shom shahriga kirmasdin, bolani olib, siz bu joydin qayting. Mabodo unga dushmanlar qasd qilib, ziyon zahmatlar yetkuzmasun, — dedi.
 
 
#historypage10
Send as a message
Share on my page
Share in the group