12 month Translate
Translation is not possible.

"Ertaga tekin".

Bir Sudanlik do‘stim bor. Biroz oldin yurtidagi avtobus ichiga yozilgan bir maktub haqida aytib berdi.

Ey Sa‘d eshit, Bizlarda avtobus bor, shafyor oynasi tepasiga "Ertaga bekorga" deb yozilgan.

Ertasiga pul bermay tushib ketayotsang, bugun emas, ertaga bekorga deydi. Sen ham shunday insonsan, ertaga deyaverasan,dedi.

O‘ylab qarasam, men ham ko‘p ishlarni ertaga qilaman deyishga o‘rganibman.

Bu odatni tezroq yo‘qotishim kerak.

Har bir voqeadan foydalar qidirishni o‘rganayabman.

Bugungi bu suhbatdan keyin:

...Ey Saadiy ertaga qiladigon ishlarni bugun qilishga odatlan.

Sen ertangi kunni kutasan, ertangi kunning ham - ertasi bor, dedim o‘zimga o‘zim...)

https:/t.me/Saadiy

Send as a message
Share on my page
Share in the group