Translation is not possible.

Dunyoga dil berdim, ayb o‘tdi mendan,

Sochgandim, ruhimdek ishqni uvollab,

Dilim osmon edi, endi osmondan

Yog‘ilar javobsiz

qolgan savollar.

Seni qay taskinlar

jim etar, ona,

Sen qaysi baxtimdan

bo‘lgansan sarxush?

Kuylamoq istardim xurram tarona,

Betakror nutqimni qaytarganda qush.

Ayt, nega hech kimsa qilolmas mamnun,

Ayt, nega og‘riqli o‘tar haftalar —

Minglab muxlis bilan

pir emasman men,

Pir bo‘lib ulgurgan bugun hafsalam.

Yashalgan yillardek

sekin keldi mung,

Ko‘zimga sochilgan

ruhimni tashib,

Duch kelgan odamga isyon qildim-u,

Yaxshiyam, bormadim Xudoga qarshi...

Humoyun Fattoh

Send as a message
Share on my page
Share in the group