Translation is not possible.

​​Kechikish!

"Maktabni bitirib, institutga kirsam onamga sovgʻa olib boraman" dedim. Keyin..

"Institutni bitirib ishga kirsam, albatta, onamga sovgʻa olib boraman." dedim. Keyin esa...

"Lavozimim koʻtarilsa onamga sovgʻa olib boraman" dedim.

Mana bugun ishxonamdan qaytayotib sovgʻa uchun toʻxtatdim. Yoʻl chetidagi gul doʻkonidan gul sotib oldim.

Esga olsam, onamdan ayrilganimga 4 yil boʻlibdi.

Abrorbek Abduhoshimov

Send as a message
Share on my page
Share in the group