Translation is not possible.

To'rt hind musulmon masjidda namoz o'qir edi. Bu orada masjid muazzini yonlariga keldi. Hindlardan biri namoz o'qiyotganini unutib, muazzindan bir savol so'radi:

- Muazzin, azon aytdingmi? Yo'qsa, namozga hali yana vaqt bormi?..

Yonidagi sherigi namoz o'qirkan o'zini tanimas darajada qizishib:

- Jim bo'l! Namozda ham gapiriladimi?! Namozing buzildi!

Uchinchi hind ikkinchi hind musulmonga:

- Unga nega aralashasan, sen o'zingga qara! Sen ham gapirding, sening ham namozing buzildi!..

Bu orada to'rtinchilari ham gapga aralashdi:

- Hammangizning namozingiz buzildi. Alhamdulillah, siz kabi yanglish harakat qilib gapirmadim va namozimni buzmadim!

Shunday qilib, sergapliklaridan to'rtalovining ham namozi buzildi. O'z aybini ko'ra olgan inson qanchalar baxtli. Kim birovning aybini ko'rsa, u ayb o'zida ham topiladi. Siz birovda ko'rgan aybingiz yo'q bo'lsa ham amin bo'lmang. Chunki u aybni, xatoni bir kun siz ham qilishingiz mumkin yoki aybning o'zi sizni topadi...

© Mavlono Jaloliddin Rumiy

Send as a message
Share on my page
Share in the group