Translation is not possible.

Atir solingan shishacham tushib ketib, sinib maydalanib ketdi. Koʻp xafa boʻldim. Ammo singan xonadan atir hidi ancha vaqt ketmay turdi. Muattar hiddan koʻp muddat bahramand boʻldik. Bu atir shishadalik vaqtida xonani muattar qilmas edi. Bildimki, u xonani muattar qilishi uchun shisha sinishi lozim ekan.

Goho qalbing yoki ichingdagi bir narsa sinadi. Ishon, uning singaniga sabab, ichidagi goʻzallik tashqariga chiqishi uchundir. Bu bilan hayotingda yangi tajribaga ega boʻlasan. Aqling ziyoda boʻladi, fikrlashing oʻzgaradi.

Demak, qalbing sinsa yoki sindirilsa xafa boʻlma. Alloh seni yanada afzalroq boʻlishingni iroda qilyapti.

“Ehtimol siz yomon koʻrgan narsada Alloh koʻp yaxshiliklar qilar”.

(c) Abdulqodir Polvonov

Send as a message
Share on my page
Share in the group