Translation is not possible.

Esiz, bolalikni qoldirib ortda,

Umr o‘tmoqdadur, umr o‘tmoqda.

Qoldirib-qoldirmay iz bu hayotda,

Umr o‘tmoqdadur, umr o‘tmoqda.

Oppoq tongni ulab tiyrai shomga,

Birda shak keltirib sirli olamga,

Goho ta’zim qilib battol-badnomga,

Umr o‘tmoqdadur, umr o‘tmoqda.

Navqiron daryodek qirg‘oqdan oshib,

Yurar yo‘limizdan birda adoshib,

Kim bilan bir zimdan mansab taloshib,

Umr o‘tmoqdadur, umr o‘tmoqda.

Erta bilan bog‘lab ne damlarimiz,

Bilib-bilmay bosgan qadamlarimiz,

Xayrli ishdanam karamlarimiz,

Umr o‘tmoqdadur, umr o‘tmoqda.

Keksalik mo‘ralab, eshik qoqmoqda,

Bolalik boshqatdan qaytarilmoqda,

Bizdan erta kunga nelar qolmoqda?

Umr o‘tmoqdadur, umr o‘tmoqda.

Esiz, bolalikni qoldirib ortda,

Umr o‘tmoqdadur, umr o‘tmoqda.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group