Translation is not possible.

Yotishdan oldin o’zingizni tekshirib ko’ring, hammasi joyidami?

✔️ Energiya darajasi yuqori. Foydali va aniq harakatlar uchun, oila, ish va shunchaki sho’xlik uchun energiya bormi?

✔️ Kelajakni ko’ra olish. Sizga kuchli motivatsiya beradgina qandaydir tasvir, sodir bo’lishi kerak bo’lgan biror voqea, hatto, sizni bunga umringiz yetmasligi munkin bo’lgan biror maqsad bormi?

✔️ Ongli tavakkal yani — tavakkul. Umuman olganda hech qanday harakat qilmaslik eng katta va xavfli harakatdir. Tavakkal esa hamma joyda bor: Oila qurishda, farzandli bo’lishda, biror ish yoki biznes boshlashda, hayotni o’zi tavakkal-ku! Siz tavakkal qilyapsizmi?

✔️ Omadsizlikka tayyorlik. Sizda avval ham yiqilishlar bo’lgan. Bunda tajribangiz bor. Har qanday holatda ham hayot davom etishiga, o’zingizni eplab, biror chorasini topa olishingizga ishonyapsizmi?

✔️ Foydali bo’lish. Yaqinlaringizga yaxshilik qilish sizga zavq bag’ishlaydimi? O’zingizdan keyin insonlarga biror qiymatli va foydali narsa qoldiryapsizmi?

✔️ Daho. O’zingizning eng kuchli tomoningizni bilasizmi, unidan foydalanyapsizmi?

✔️ Yo’nalish. Hech kim sizdan hech narsa qarzdor emas. Hayotingiz siz odamlar uchun qanchalik qiymatli bo’la olishingizga bog’liq. Sizda yo’nalish bormi?

☑️ Men tekshirib ko’rdim, hammasi joyida. Sizda-chi?

© AbuSolih Fox

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group