Translation is not possible.

Insonning hayotida maqsadi bo’lmasa nima bo’ladi?

1. Hayoti zerikarli bo’ladi

2. Energiyasi kam bo’ladi

3. Maishiy muammolar va stress uni egallab oladi

Eng asosiysi — o’ziga bo’lgan ishonchi borgan sari pasayib boradi.

Bu qanday sodir bo’ladi?

Har bir insonning ichida “to do list” lari bo’ladi:

☑️ Bajardim

☑️ Bajardim

☑️ Bajardim

Mana shu “to do” lar qanchalik ko’p bo’lsa odamning o’ziga bo’lgan ishonchi shunchalik kuchli bo’ladi.

“To do” lar juda kichik narsalardan juda katta narslargacha bo’ladi.

- Yaxshi gapirib kimningdir ko’nglini ko’tarish

- Maktab, masjid yoki kasalxona qurish

“To do” larni qancha ko’p qilsangiz o’zingizga bo’lgan ishonchingiz ortib boraveradi.

“To do” larning eng kuchilari 95% odamlar qila olmaydigan ishlarni qilish. Masalan:

- Shakardan voz kechish

- Har kuni badantarbiya

- Kam uxlash, kam ovqat yeyish

Maqsadsiz ya’ni “to do” lari yo’q odamning hayoti qanday bo’ladi?

- Oq va qoradan iborat bo’ladi

- Har kuni ish-uy, uy-ish

- Aniq rejalari bo’lmaydi

- Hayoti tartibsizlikka to’la bo’ladi

Tabiiyki o’ziga ishonchi bo’lmaydi!

© AbuSolih Fox

Send as a message
Share on my page
Share in the group