Translation is not possible.

Insonlarni bir yomonlidan to'sasiz. Jon kuydirib harakat qilasiz. Ko'rgan paytingiz kurashasiz. Quvvatingizni va vaqtingizni ketkazasiz. Odamlarni ogohlantiryabman yahshi amal qilyabman deysiz.

Lekin atrofingizdagilar sizning oldingizdagina bu yomonlikdan tiyilishadi. Go'yo sizning hurmatingiz bu ishni to'xtatishadi. Lekin ajralishi bilan asliyatiga qaytadi. Siz hammaga tiyilinglar deysizu yaqiningiz qilib turadi.

Bu narsani siz bilib qolganingizda esa tamom bo'lasiz. "Nahotki hattoki yaqinlarimga ta'sir qilmadi?" deb savolga tutasiz o'zingizni. Shuncha qilganlaringiz havoga ham uchmaganga o'xshaydi.

Ana shu payt bilmaysiz to'xtasammikan yoki kimgadur ta'sir qilarmikan deb?!

Send as a message
Share on my page
Share in the group