Translation is not possible.
#yangi_yil_fatvosi
 
Sen qorqizni uyingga chaqir,
"Qorbobojon keling" deb baqir.
 
Bezatyapti shu bugun barcha,
Sen ham tezroq yasatgin archa.
 
Bolalarga olgin o‘yinchoq,
Xotiningga tillo taqinchoq.
 
Dasturxonni ne’matga to‘ldir,
Oshqozonni bu oqshom "o‘ldir".
 
O‘n ikkiga bong urgach rosa,
Ol yoringning labidan bo‘sa.
 
Tinglay turib xirsli qo‘shiqlar,
Raqs tushinglar ikki oshiqlar.
 
Sizlar Xaqni sevmassizlarku,
Chin musulmon emassizlarku!
 
Bu fatvoim kelmasin malol,
Nasroniyga yangi yil halol!
 
© Abdurahmon Meshayan
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group