Endi men bilaman: achchiq qayg'ular...
Azaldan loyimga qorishgan, biroq
Sen quyosh bo'lmagan - zulmat ko'ksimga
Baxtsizlik kechikib yoqmoqda chiroq!
Baxtni kutgan edim, keldi yo...ketdi...
Kimni mosuvolik baxtiyor etdi?
Qalbda ehtiros yo'q, tillarda oyat!
Qachondir eslasang... Eslasang,shoyad
Mehrim shudring misol bag'ringga to'kdim,
Tiz cho'ksam,ruxsoring oldida cho'kdim!
Bog'larda charx urmish bulbul xitobi,
Baxtli - U! Bor axir, guli - oftobi!
So'lgan chechak bag'rin yashnatsa shabnam,
Men sen-la tirikman,Gulim ,Mahbubam!
Ishqim doston bo'lar... Yoki rivoyat!
Qqchondir eslasang... Eslasang, shoyad...
"Sharpa bilan bahs yohud million yevroli bitim" kitobidan...
Endi men bilaman: achchiq qayg'ular...
Azaldan loyimga qorishgan, biroq
Sen quyosh bo'lmagan - zulmat ko'ksimga
Baxtsizlik kechikib yoqmoqda chiroq!
Baxtni kutgan edim, keldi yo...ketdi...
Kimni mosuvolik baxtiyor etdi?
Qalbda ehtiros yo'q, tillarda oyat!
Qachondir eslasang... Eslasang,shoyad
Mehrim shudring misol bag'ringga to'kdim,
Tiz cho'ksam,ruxsoring oldida cho'kdim!
Bog'larda charx urmish bulbul xitobi,
Baxtli - U! Bor axir, guli - oftobi!
So'lgan chechak bag'rin yashnatsa shabnam,
Men sen-la tirikman,Gulim ,Mahbubam!
Ishqim doston bo'lar... Yoki rivoyat!
Qqchondir eslasang... Eslasang, shoyad...
"Sharpa bilan bahs yohud million yevroli bitim" kitobidan...