Translation is not possible.

#kitob

— Naqadar yaxshi boylik,

naqadar yaxshi zaxira, naqadar yaxshi majlisdosh, ham nishin, Naqadar bir yaxshi hozirlik.

— Naqadar yaxshi rohat, naqadar yaxshi istiroxat, naqadar yaxshi mashg'ulot, naqadar gözal kasb.

— Naqadar yaxshi xamroz, hamnafaski senga bir enoz beradi, yolg'izlik beradi.

— Naqadar yaxshi oshno, örtoq, naqadar yaxshi yordamchiyu, naqadar gözal mehmon.

— Kitob shunday bir idishki ilm töla, shunday bir zarf, kanvertki unda zarofat töla.

— Shunday bir jamlovchi bir idishki unda hazil mutoyiba ham bor, unda jiddiy gaplar ham bor, zakovatni ham topasan.

— Agar istasang Voyil saxbonidan ham fasohatliroq böladi. Agar istasang Boqil dan ham tentakroq böladi, öquvsizroq böladi.

— Agar istasang nodir bir latifalardan kulasan, agar istagan ajoyib bir, g'aroyib bir faroiblardan ajablanib huzur olasan.

— Agar istasang uning turfalari, latifalari senga bir tasalli berib tashvishlardan seni chalg'itadi. Istasang mavizalari seni yig'latadi, seni mahzun qiladi.

— Qayerdan topasan kitob kabi ham Voiz-u ham senga tasalli beradigan, chalg'itadigan narsa. Qayerdan topasang kitob kabi ham zajr qilib qaytaruvchi, ham qiziqtiruvchi.

— Qayerdan topasan kitob kabi ham Obid-u ham fosiq, ham notiq-u ham soqov, ham issig'u ham sovuq. Qayerdan topasan? Kitobdan hamma narsani topasan.

— Qayerdan topasan kitob kabi ham doktor-u ham badaviy, saxroya. Ham Rumlik-u ham Hind, ham Farsu ham Yunon. Bir vaqtni özida aslzoda va kelgindi. Bir vaqtni özida ölik va barxayot.

— Kitob kabi biror narsa bormi senga avvaliyu oxirini jamlab beradigan, noqusu komilni jamlab beradigan, maxfiyu oshkorni, hoziru g'oyibni, pastu balandni, orig'u semizni, bir jinsu uni aksini, bir navu va uni terisini jamlab beradigan narsa bormi ?

— Qayerda körgansan qöltig'da kötarib yursa böladigan böstonni ? Qayerda körgansan qöyninga solib yursa böladigan bir gulustonni? Qayerda körgansan öliklardan sözlaydigan, tiriklardan habar beradigan bir notiqni ?

— Qayerdan topasan shunday bir xamrozki, sen uxlasangina uxlaydi, sen istagan narsani sözlaydi. Sirni egasidan ham köra yaxshi saqlab beradi. Omonatni omonatdorlardan köra yaxshi saqlab beradi.

" Men kitobdan köra köproq yaxshilik qiladigan ezguroq qöshnini bilmayman, kitobdan köra insofliroq sherikni bilmayman, kitobdan köra itoatliroq hamrohni bilmayman.

— Muallimlar bor mutakabbir, muallimlar bor injiq, muallimlar bor kamtar ammo kitobdaka kamtar muallim yöq.

— Bir hamnafas döst yöqki kitob kabi öziga özi yetarli. Senga og'iri tushmaydi va jinoyati yöq senga nisbatan.

— Eng kam malollantiradigan, eng kam majburlaydigan narsa bu kitob.

Xilofi kitobdan köra zurmi, gunoxi ham narsa körmadim. Axloqi kitobdan köra gözalroq narsa topmadim. Kitobchalik tasallufi kam, takallufi kam narsani topmadim. Eng ajiyb, eng tasarrufi köp bölgan kitobdaqa narsa körmadim.

— Tortishuvdan uzoq, insonni tashvishga soladigan ishlardan uzoq, mujodala, tortishuvdan, rag'batsiz tortishuvdan, jangu jadaldan özini tiygan kitobchalik narsa topmadim.

— Özi yosh bölishiga qaramasdan, yaqinda dunyoga kelganiga qaramasdan narxi arzon, topilishi oson bölishiga qaramasdan, turli bir gözal tadbirlarni, gözal bir muolajalarni özida jamlagan ajoyib, g'arib ilmlarni özida jamlagan, tög'ri sahih asarlarni saqlab beradigan, ötgan xalqlardan, uzoq diyorlardan habar beradigan kitob kabi jamlovchi narsa körmadim.

( Joxizning kitobga bergan tabirlari...)

(c) titroqlik

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group