Dini yo'qning vafosi yo'q
Bugungi dunyoni ko'rib, insonda din bo'lmasa, unda halol-harom, joiz-nojoiz, hatto rost-yolg'on o'rtasida farq bo'lmasligiga yana bir bor amin bo'ladi odam. Dinsizlar binoga kelgandan boshlab yolg'onchilikni kasb qilib olishgani ma'lum. Biroq
odamlar o'rtasida sirtlarini rostlashga urinib kelishar edi. Hozir esa saflarini biroz
kengaygan deb bilishganidanmi yoki moddiy quvvatga ishonibmi, yolg'onni ham ochiqchasiga, bezraygancha sayrashga tushishdi.
Amerikaning sobiq mulozimlaridan biri G'azzadagi tinch aholi o'ldirilishini oqlashga urinar ekan, Hamaschilar odamlar ortiga berkinib, ularni o'zlariga qolqon qilib olgan, degan da'vo bilan so'z qotdi. Shunda muxbir mantiqiy savol berdi: "Agar Hamaschilar siz aytgandek ayollar va bolalarni o'zlariga qolqon qilib olgan bo'lsa, jangchilardan ham kamida shu ayol va bolalar adadida, ya'ni 10.000 dan ortig'i o'lishi kerak edi. Biroq hisobotlarning birortasida birorta ham askarning o'limi haqida gap yo'q, bunga nima deysiz?"
O'z vaqtida dunyo kezib, Amerikaning siyosatini hammaga tiqishtirib kelgan janob bu savolga biror kalima ham tushunarli javob bera olmay, kalavalanib qoldi. Biroq yolg'on ustiga yolg'on, tuhmat ustiga tuhmat yog'idirishda davom etib, bezbetlarcha ovozini ko'tarib valdirayverdi va o'zini, hamtovoqlarini yana bir bor tanishtirib qo'ydi.
Ha, din bo'lmasa, Allohga ishonch bo'lmasa, insondan har narsani kutsa bo'ladi. Bejizga Dostoeviskiy "Agar Xudo bo'lmasa, hamma narsa mumkin", deb ta'kidlamagan.
Hasanxon Yahyo Abdulmajid