Translation is not possible.

Men yoqtirgan oʻzbek yozuvchisi bu - Oʻtkir Hoshimov.

Oʻtkir Hoshimovning deyarli barcha asarlarini yoqtirib,oʻqib chiqqanman.”Ikki eshik orasi“ tengsiz asar.”Nur borki soya bor” romani ham qolishmaydi.Ammo uning romanlaridan “Tushda kechgan umrlar” menga u darajada xush kelmagan.

Qisqa qilib xulosa chiqarganda,romanda afgʻon urushining dahshatli oqibatlari bir inson umrida aks etgan.Afgʻon urushida qatnashib kelgan bosh qahraman kasallanib keladi.Avval bu kasallik yengil oʻtib ketadigandek tuyuladi.Biroq mana shu xastalikni deb bosh qahramon oʻz joniga qasd qiladi.Bu asarni boshida yoqtirib oʻqiyotgan edim,ammo bunday tugallanishi negadir menga yoqmagan.Balki yozuvchi afgʻon urushi qanchalik yomon oqibatlarga olib kelishini shu bilan koʻrsatib bermoqchi boʻlgandir.

https://t.me/ilmsabo

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group