Bu mening dadam
Kecha kuni ishdan uyga qaytayotsam, endigina uch yoshga kiradigan oʻgʻlim mahalladagi oʻzi tengqur va yoshi kattaroq bolalar bilan o'ynashyotgan ekan. Meni kelayotganimni koʻrib, oʻrtoqlariga "bu mani dadam" deb maqtanib gapiryotganini eshitdim. Ichimdan faxr tuydimu shu on boshqa fikrlar ichimga havotir soldi. Odatda 7-8 yoshgacha har qanday farzand uchun ota bu ideal hisoblanadi. Hoʻsh undan keyinchi, maktabga kiradi, yangi doʻstlar orttiradi, yangi oilalarni taniydi va ularni oʻzi bilan taqqoslash shakllanadi. Shundan keyin ham men farzandim uchun ideal boʻlib qola olamanmi? 12-13 yoshga yetadi, balogʻatga yeta boshlaydi, gormonal oʻzgarishlar degandek. Hoʻsh shunda ham oʻgʻlim uchun ideal boʻlib qola olamanmi? Oʻsmirlik yoshi, yangi hayotga ilk qadamlar, institut, universitet kabi oʻqishlarda oiladan uzoqdagi mustaqil hayot, turli odamlar. Hoʻsh shundan keyin ham oʻgʻlim uchun ideal boʻlib qola olamanmi? Oʻzi oila quradi, haqiqiy mustaqil hayot, ota boʻladi, oilaviy muammolar, hayotning turli qiyinchiliklari. Hoʻsh shunda ham farzandlarim uchun ideal boʻlib qola olamanmi? Bunday fikrlar hayolimdan oʻtar ekan, oʻzimni juda katta masʼuliyat ustida ekanligimni his qildim. Farzandlar uchun soʻzlar emas, oʻz koʻzi bilan koʻrganlari nasihat hisoblanadi.
Ey otalar jamoasi, har qanday yoshdagi farzandlar uchun ideal boʻlishga tayyormisiz? Bunday masʼuliyatni boʻynimizga olishgachi? Shunday ekan hozirdanoq oʻzimizni isloh qilishni boshlaylik, halol kasb qilaylik, gunohlardan tiyilaylik va avvalo Allohni taniylik. Zero farzandlarimiz doʻstlari davrasida bizni koʻrganda faxrlanib, "bu mening dadam" deya olsin...
Ismoilov Ilyosbek