Translation is not possible.

#kashta

Bismillah deb boshladik.

Anchadan beri tikmay qo'ygandim. Munirani iltimosi bilan yana qo'limga igna oldim. Bir tiksam tikaveraman, tikaveraman... Ammo xohish ketib qolsa oylab qo'limga igna olmayman.

Kashta tiksam, gullarni parvarish qilsam, kitob o'qisam asablarim rosa dam oladi. Ayniqsa atrofdagilarni ko'p gapi, ming'ir-ming'iri boshimni og'ritib yuborganda kashta tikish foyda beradi. O'tgan yili kashta qo'limdan tushmay qolgandi.

Shunday qilib vaqtim bo'lganda kitoblarni jildiga kashta tikaman. Men faqat naqshlarni, gullarni tikib beraman qolganiga toqatim yo'q, Munirani o'zi qiladi. U menga hamma narsani chizib tayyorlab beradi, men faqat tikaman.

Kashta tikishni hech kimdan o'rganmaganman. Ustoz ko'rmaganman. Munirani tikishini kuzatib o'rganib olganman. Shunchaki o'zim tikishni yoqtiraman, ilhom kelganda tikaman.

Buni katta musxafga tikyabmiz, tamomlagandan keyin yana rasm joylayman

Shunaqa gaplar...

#muslima_ona_kundaligi

image
image
image
image
image
image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group