Translation is not possible.

#tavsiya

Adashmasam oʻzi yaqindagina musulmon boʻlgan bu yigit musulmon boʻlib tugʻilganlardan koʻra (shaxsan mendan koʻra) koʻproq diniga foydasi tegmoqda!

Millati rus kareysi boʻlgan Krill Shucher yutub blogeri. Uning yutubdagi dastlabki videolari yashab voyaga yetgan muhitidan kelib chiqib, faxsh, maxramlik va nomaxramlik chegaralarini buzish kabi sahnalarga boy edi. Uning dastlabki videolarini koʻrgan odam bu hech qachon musulmon boʻlolmaydi degan gumonga boradi. Ammo, Alloh hidoyat beraman desa hech gap emas ekan. Kimdurlar uni piar uchun oʻzini musulmon koʻrsatmoqda deyishmoqda. Menimcha esa hech ham bunday emas!

Shucherning 15 soatcha avval joylagan yangi videosi Falastin haqida boʻlibdi. Shunchaki ajoyib. Koʻrgan vaqtingizga achinmaysiz Inshaalloh. Tavsiya qilaman.

Shucherning dastlabki va hozirgi faoliyati biz musulmonlar uchun ibrat olishga aniq arziydi. Dastlabki, faoliyatini koʻrib islomsiz hayotning naqadar chirkin ekanligiga guvoh boʻlib, tafakkurlarni ishlashga majbur qiladi. Islomdan keyingi faoliyatiga esa shunchaki RESPEKT!

Quyida Falastin haqidagi video havolasini qoldiraman.

https://youtu.be/XFtCt9vHDDU?si=K-FlLgzhVb1suc-l

2 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group