Meni tabriklamang yangi yil bilan,
Moʻmin ekanimga shubha uygʻotmang.
Uzoqlashib ketmay dil yaqin bilan,
Meni bir tilakka alishmang, sotmang.
Buzmangiz uyqumni choʻkkanida tun,
Cherkov zangisidek urilmasin bong.
Kecha shovqinlarga boʻlmasin tutqun.
Oddiygina otsin ertangi u tong.
Qorbobo yubormang bolamga atab,
Shirin tushlarini buzmang, iltimos.
Koʻziyu koʻnglini Qurʼonga qadab,
Bazoʻr yolgʻonlardan etyapman xalos.
Archa keltirmadim hovlim sahniga,
Shifo boʻlsa hamki muattar hidi.
Yashnagan novdani kesayin nega,
Koʻngil istaklari podshomi edi!?
Meni tabriklamang yangi yil bilan,
Oʻtgan bu umrimdan quvonay nechun?
Gunohkor vujudu shunday dil bilan,
Tarixim yozildi, doʻstginam, tushun.
Qordayin oqlikni tilamang aslo,
Oyoqlar ostida qolmoqchimasman.
Yaxshi niyat ila bersangiz hatto
Bu kun hadyalarni olmoqchimasman.
O'tkirbek Muhammadsobir
Meni tabriklamang yangi yil bilan,
Moʻmin ekanimga shubha uygʻotmang.
Uzoqlashib ketmay dil yaqin bilan,
Meni bir tilakka alishmang, sotmang.
Buzmangiz uyqumni choʻkkanida tun,
Cherkov zangisidek urilmasin bong.
Kecha shovqinlarga boʻlmasin tutqun.
Oddiygina otsin ertangi u tong.
Qorbobo yubormang bolamga atab,
Shirin tushlarini buzmang, iltimos.
Koʻziyu koʻnglini Qurʼonga qadab,
Bazoʻr yolgʻonlardan etyapman xalos.
Archa keltirmadim hovlim sahniga,
Shifo boʻlsa hamki muattar hidi.
Yashnagan novdani kesayin nega,
Koʻngil istaklari podshomi edi!?
Meni tabriklamang yangi yil bilan,
Oʻtgan bu umrimdan quvonay nechun?
Gunohkor vujudu shunday dil bilan,
Tarixim yozildi, doʻstginam, tushun.
Qordayin oqlikni tilamang aslo,
Oyoqlar ostida qolmoqchimasman.
Yaxshi niyat ila bersangiz hatto
Bu kun hadyalarni olmoqchimasman.
O'tkirbek Muhammadsobir