Translation is not possible.

Yangi yilni nishonlash nishonlamaslikni ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilgandan ko'ra, o'z ahli oilangizni Ramazon va Hayit bayramlariga muhabbatini oshiring.

Farzandingiz Yangi yil va qorboboni emas Ramazonni va Hayitni intizorlik bilan kutsin. Uni aynan shu kunlarda har doimgidan ko'ra ko'proq xursand qiling.

Jamiyatni o'zgartirishga urungandan ko'ra o'zingizni kichik jamiyatingizni o'zgartiring. Farzandingiz archani ko'rsa, ko'chadagi yaltiroq o'yinchoqlarni ko'rsa ko'zlari yonadi, qaysidur ma'noda qorboboga ishonadi.

Chunki bu bayramni juda go'zal tarzda ongu shurimizga o'rnashtirib bo'lgan g'arbliklar.

Bizchi?

Ramazonda nima qilamiz?

Juma kunlarini qanday o'tkazamiz?

Hayit kunlarini-chi?

Ahli musulmonning bayrami deb Hayitni tan olamiz lekin uni bolalarga sevdira oladigan darajada o'tkazamizmi?

O'lganlarni ziyorat qilgani, kasalllarni ko'rgani boramiz. Boshqa kunda qilsa bo'lmaydimi shu ishlarni?

Uyga kap katta mehmonlarni chaqirib yedirib ichiramiz.

Bolalarchi? Bolalar doimgidek e'tibordan chetda qoladi. Ahr kelajak mana shu bolalar qo'lidaku. Ular yangi yilni qorboboni sevmay nimani sevsin yana. Yangi yil bor e'tiborini bolalarni ishontirish va xursand qilishga qaratadi.

Bolalarga Islomni sevdira olmas ekanmiz 100 yildan keyin ham Yangi yilni muhokama qilib o'tiraveramiz. Har Jumani oila davrasida Payg'ambarimizga salovatlar aytish, Quron tilovat qilish, Jumadan bolalar uchun shirinliklar olib kelish, chiroyli dasturxon davrasida o'tirish ila o'tkazingchi. Bola har jumani intizorlik ila kutadi.

Ramazonni uyingizni bezatib yaltiroq chiroqlar ila nurlarga to'ldiring, bolalarni hadyalar ila xushnud etish. Ramazonni ular uchun eng go'zal oy sifatida tashkillang. Ko'rinchi keyin Ramazon qachon keladi deya kutadi. Hayit bayramlarida bor etiboringizni farzandlaringizga qarating, o'lganlar o'lib ketdi.

Hayit o'likni eslab aza tutish uchun berilmagan musulmonlarga. Bilib qo'yingki Islomni sevdira olmas ekansiz, g'arbning bayramnlarini yomon ko'rsatish bilan hech nimaga erisha olmaysiz.

Jamiyatni emas o'zingizni o'zgartirishdan boshlang.

Send as a message
Share on my page
Share in the group