Translation is not possible.

Boykot

Falastin voqealari mana oydirki, biz musulmonlarning yuraklarimizni larzaga keltirmoqda. Insofli musulmon borki, voqealar ta’siriga tushmasdan qolmadi. Dushmanga nisbatan nafratimiz, alamlarimiz urchigandan urchidi. Ulardan qanday oʻch olish, qanday qarshi turishga yoʻl topolmay turganimizda qarshimizdan boykot chiqdi. Men ham dushmanga nafratimni boykot tufayli izhor qila boshladim. Har holda bu jim qarab oʻtirgandan ancha yaxshiroq ekan.

Boykot qilingan mahsulotlar roʻyxati chiqdi. Bor kuchim bilan uni hammaga tarqatishga, koʻrganimga aytishga, oʻzim ham boykotda ekanligimni bildirishga tushdim. Koʻzimga juda arzimas, joʻn ish boʻlib tuyuldi, ba’zan esa oʻzimdan uyaldim. Shu birgina boykotdan boshqasi kelmayapti qoʻlingdan, shunga zoʻrgʻa yarayapsan, degan bir ovoz tinch qoʻymas, shu ovozga qarshi chiqolmay, faqat yigʻlaydigan boʻlib qoldim.

Keyin esa boykotning kompaniyalarga ta’siri, ahamiyati, isroilga yordam berayotgan kompaniyalar qancha zarar koʻrayotgani haqida ijobiy xabarlar kela boshladi. Endi ichimda umid uygʻondi. Endi yanada boykot haqidagi fikrlarimda sobit turdim va umrim soʻngiga qadar hiqildogʻimdan boykot qilingan mahsulotlardan oʻtkazmaslikka ont ichdim. Bir kun urushlar tugaydi, uylar qayta quriladi, goʻdaklar tugʻiladi, jarohatlar bitadi. Ammo baribir qalbda bolalar qotili, shafqatsiz isroil va uni qoʻllab quvvatlovchilarga boʻlgan nafrat turaveradi va bu nafratimni butun umr boykot sababli izhor qilishdan toʻxtamayman. Shu bilan birga sizni ham bunga chin dildan chaqirib qolaman.

Hali hayotning goʻzalliklarini anglamay turib, jon bergan goʻdaklar uchun boykot qiling!

Shahid ketgan ota-onalar, oʻsmirlar, askarlar, umuman mazlum musulmonlar uchun boykot qiling!

Farzandining jonsiz jasadiga qarab, istirjo aytayotgan otalar, askar oʻgʻlining shahid ketganiga hamd aytayotgan onalar uchun boykot qiling.

Eng boʻlmaganda Alloh oldida soʻrogʻimiz biroz yengil boʻlishi uchun, birozgina qalbingiz xotirjamligi uchun boykot qiling.

Bugun Falastinga muhabbatimizni ham, isroilga boʻlgan cheksiz nafratimizni ham boykot orqali izhor qilaylik.

Siddiqa Hasan

Send as a message
Share on my page
Share in the group