Translation is not possible.

#tabassum

Bir kuni er-xotin urishib qolibdi.⠀

Eri:⠀

— Sen bilan ortiq yashay olmayman. Narsalaringni olgin-da, ota uyingga jo‘na! – debdi.⠀

Xotini ketibdi.⠀

Kun kech bo‘lgach, eri sekin telefonni olib xotiniga qo‘ng‘iroq qilib debdi:⠀

— Onasi, boraymi...?!⠀

— Mayli. Faqat bitta shartim bor.⠀

— Xo‘sh?..⠀

— Oshxonaga kiring. ⠀

— Kirdim.⠀

— Qo‘lingizga likopchani olib, uni zarb bilan yerga uring!⠀

— Urdim.⠀

— Endi siniqlarini yig‘ib, avvalgi holiga keltiring.⠀

— Iye, xotin. Men plastik tarelkani yerga urgandim. Singani yo‘q...!⠀

— Obbo! Ming yillik rivoyatni rasvo qildingiz. Keling, tezroq olib keting. Ota-onamga birrovga keldim, degandim, — debdi xotini.

✍️ Hubbuna UzHandy

Send as a message
Share on my page
Share in the group