Translation is not possible.

• Doʻstim!

• Insonlarning oʻzaro aloqalari modomiki, bir-birlarining ayblaridan koʻz yumishar ekan bardavom boʻladi.

• Ular modomiki bir-birlarini rozi qilishar ekan aloqalari mustahkamlashib boraveradi.

• Modomiki bir-birlaridan mayda kamchiliklarni ham izlayversalar aloqalarga putur yetadi.

• Har doim haqiqatni talab qilaverish orqali esa aloqalar oʻladi.

• Tabassum qilsang mahzunlik oʻtib ketadi;

• Sabr qilsang tashvishlaring oʻtib ketadi;

• Sukut qilsang ahmoqlik oʻtib ketadi;

• Chiroyli soʻz aytsang koʻngilsizlik oʻtib ketadi!

• Xohlagan narsangni bilsang ham faqat hech qachon takabburlik qilma!

• Xohlagan narsangni yozsang ham faqat hech qachon fitnani qoʻzgʻama!

• Xohlagan kimsangni tanqid qilsang ham faqat hech kimga taʼna qilma!

• Insonning qadri u molik boʻlgan narsasida emas, balki bera olgan narsasidadir.

• Quyosh ham olovga molik ammo uning qadri olamga nur taratishida.

©️Abror Muxtor Aliy

Send as a message
Share on my page
Share in the group