Translation is not possible.

Menga qiziq emas ko'zlaring rangi,

Kim bilan baxtiyor, kimga zorliging.

Muhimi huzurli so'zing jarangi,

Muhimi dunyoda sening borliging.

Choyni suyasanmi, qahvami suyuk?

Yuraging butunmi, yo bag'ring kuyuk.

Muhimi tuyg'ular, hislarim buyuk,

Muhimi dunyoda sening borliging.

Keksayib boryabsan, go'dakmisan yo?

So'zlaring yolg'onmi va yoki ro'yo.

Men seni ming yilcha axtardim go'yo,

Muhimi dunyoda sening borliging.

Bitta vujuddagi ikkita odam,

Bir yo'lda uchrashgan ikkita qadam.

Baxtimga omon bo'l, Nima bo'lsa ham,

Muhimi dunyoda sening borliging...

Send as a message
Share on my page
Share in the group