Translation is not possible.

Kundalik virdga kiritish kerak boʻlgan sura va oyatlar:

☁️ Bomdod va shomning sunnatlarida “Kafirun” va “Ixlos”ni zam qilish

☁️ Xufton vitrida “A’la”, “Kaafirun” va “Ixlos” suralarini zam qilish

☁️ har farz namozdan keyin “Ayat al-Kursiy” oyati (2:255)

☁️ Bomdod namozidan keyin joyidan turmasdan avval “An’om” avvalidan uch oyat oʻqish

☁️ Bomdoddan soʻng va kech kirganda “Ya-sin” surasi

☁️ Tong otganda va kech kirganda “Hashr” surasining oxirgi 3oyati

☁️ Shomdan keyin “Vaqia” surasi

☁️ Uyquga yotishdan avval “Mulk” surasi

☁️ Kech kirganda “Amanar-Rosul” oyati (2:285-286)

☁️ Uyquga yotishdan avval “Kahf” surasidan 10oyat oʻqish

☁️ Juma tunida “Kahf” va “Duxon” suralarini oʻqish

☁️ Juma kuni fajrda “Sajda” va “Inson” suralarini oʻqish

P.s. 1:

Har birining sahih hadislardan dalili bor, “Hadis va hayot 30-juz (Qur’on fazilatlari)”dan topish mumkin

P.s. 2:

Albatta bittalab boshlanadi, bir kunda hammasini oʻqib, keyin Mus’hafdan haftalab yiroqlashish yaramaydi..

Zero,

Amallarning Allohga eng sevimlisi oz boʻlsa-da, davomiy boʻlganidir.

(Buxoriy rivoyati)

Send as a message
Share on my page
Share in the group