Translation is not possible.

Eh ming afsus! Rabbisi tomonidan "Oʻqi", "Tortishmanglar, muvaffaqiyatsizlikka uchraysizlar va quvvatingiz ketadi" deya koʻrsatma olgan, Paygʻambari tomonidan "Musulmonlar oʻzaro mehr - muhabbatda bir jasaddeklar" degan tavsiya olgan, aslida buyuk ummat, koʻrsatmalarga amal qilmagani uchun bugun xoru zalil.

Dushman internetni uzib qoʻysa boʻldi ekan, bexabar qolib ketaverarkanmizu...! Iymonimizga muvofiq yashamaganimiz uchun hamma narsada ularga tobe boʻldik. Ularning mahsulotisiz ishingiz yurishmagach ovozingizni ichingizga yutib yuraverasizda!

Sabablarni olish, ilmu fanga katta e'tibor qaratish kerak. Bu ummat iymonining kuchi bilan shunchalik tik oyoqda turibdi. Agar iymonga muvofiq yashasa bormi...!

Qani oʻzimizni internet, qani oʻzimizning telefonlar. Afsuski, shu postni ham ularning jihozi orqali yozamiz va bir - birimizga ulashamiz.

Xullas, farzand tarbiyasiga katta e'tibor bering! Oʻz Vatani, millati va ummat uchun umid boʻladigan farzandlar yetishib chiqsin!

Hozircha Baykot ham katta ish!

Rabbim Islom ummatini aziz qil!

Dushmanlarni xoru zalil boʻlganini koʻrishni nasib ayla!

Ustozimiz Ulug'bek Buxoriy

@tundaleks

Send as a message
Share on my page
Share in the group