Translation is not possible.

5/100 Soliha ayol–dinning yarmi

📌Bomdod namoziga uygʻonishga erinayotgan yorini "Namoz uyqudan afzaldir" deb uygʻotuvchi ayol dinning yarmi boʻlmaydimi?

📌Yorini toza, dazmollangan kiyimlarida Juma namozini oʻqish uchun ortidan xayrli duo qilib masjidga kuzatgan ayol ana shu oʻqilgan namozning yarmicha ajr olmasmikin?

📌Ramazon oyida oʻzi ham roʻzador holida saharlik va iftorlik dasturxoni uchun ibodatga quvvat boʻladigan taomlarni pishirib tortiq qilgan ayolga jannat mukofot boʻlmasmi?

📌Oʻzi yaxshi koʻrib olgan libosini erining qarindoshi (singlisi, jiyanlari) yoqtirib qolsa, bir koʻngilga xursandchilik ulashish uchun "Sizga boʻlsin shu libos" deya hadya qiladigan moʻminalar ehsonlari evaziga doʻzaxdan qutulmaydilarmi?

📌Har namoz soʻnggida qoʻllarini duoga ochib:

"Robbim meni Baytingda yorim bilan birga mehmon qilgin, Qalbimni senga, qoʻlimni yorimga bergan holda tavof aylashni nasib et" deguvchi qalblar duosi ijobat boʻlmasmi?

📌Farzandlarini Allohning omonati, jannat rayhonlari deb bilib, ularni nafaqat jismi (toza kiyimi, qornini toʻydirish) balki ruhiyatining kamol toptirishga, uyini qori va qoriyalarni chiqarish uchun ilm olish maskani– madrasaga aylantirgan ayollar oliy mukofot–oxiratda sharaf toji bilan mukofotlanmaydimi?

Uylanish ostonasida turgan inim, Siz faqat tan mahrami, tungi yostiqdosh tanlasangiz, qizning jamoliga qarayvering. Agar diningizni yarmini tanlasangiz,

ilmga ragʻbatiga,

farzlarni mahkam ushlashiga,

sunnatlarni qay darajada tiriltirayotganiga qarang.

Alloh har moʻminga xayrli juft ato etsin🤲🏻🤲🏻🤲🏻

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokatuh.

15.09.2023

#myunxendan_gapiramiz

Binafsha

Send as a message
Share on my page
Share in the group