Çeviri imkansız.

#iqtibos

Alloh taolo bandasiga bergan son-sanoqsiz ne'matlar ichida eng ulug'laridan biri aql ne'mati hisoblanadi.

Ammo aqlni ishlatib, to'g'ri yo'lga solib turadigan narsa vahiydir, chunki aqlning o'zi insonga ikki dunyo saodatini topishga yordam bera olmaydi. Butun inon-ixtiyor aqlning o'ziga tashlab qo'yilsa, turli xatolar, burilishlar, buzg'inchiliklar, hatto halokatlar kelib chiqadi.

Bunga o'zimiz yashab turgan bugungi voqe'lik guvoh. Hozirda inson aqli juda ham rivojlangan deb da'vo qilinmoqda. Ammo o'sha rivojlangan aql insoniyatning o'zini kundan-kunga halokat jari tomon tortib ketmoqda.

Aqlning eng muhim vazifalaridan biri - Allohdan kelgan vahiyni idrok etish va unga amal qilish yo'qqa chiqqanda shunday bo'ladi.

©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

©Qur'on ilmlari

image
Mesaj olarak gönder
Sayfamda paylaş
Grupta paylaş