UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Barcha postlar https://t.me/muniybb'dan

Translation is not possible.

Biror narsaga yoki insonga notoʻgʻri yoʻl bilan erishish* imkoniyati tugʻilayaptimi, demak, xushyor tur, senda toʻgʻri yoʻl bilan erishish imkoni ham paydo boʻlgan yoki yaqinda boʻladi.

*pul, juft, ovqat, mashina...

©muniyb

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Doʻst bu - sen bir gapni gapirib oʻndan bir ehtimolda bu gapingni notoʻgʻri tushunishlari mumkinligini oʻylab turgan payting, doʻsting kelib oʻsha ehtimolni boʻyningga qoʻyadi.))

©muniyb

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Amalidan umidvor odam davomiy ibodat paytida xato qilib qoʻysa umidsizlikka tushib toʻxtab qoladi. Ammo Allohning oʻzidan umid qilgan inson istigʻfor aytib, oʻrnidan turib davom etaveradi.

©muniyb

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Inson doim mukammallikka intiladi, ammo haqiqat doim aniq boʻladi. Haqiqatdan boshqa narsaga ergashgan, amal qilgan aqllar ergashayotgan narsasidan mukammallik izlaydi yoki xatolarni qabul qilmaslikka harakat qilaveradi, bu xuddi oxirida pastlik boʻlgan tumanli yoʻlda noaniq yugurib ketishga oʻxshaydi. Eng qizigʻi bu yugurish aniq harakatlar bilan boʻladimi yoki boshqacha, farqi yoʻq oxirida baribir jarga qulash kutib turibdi. Aynan shuning uchun ham yoʻnalishni oldindan belgilash zarur hisoblanadi.

©muniyb

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Odatda kutuvlarimizning toʻgʻri boʻlmasligi bizni xafa qiladi. U xoh qilayotgan ishimizdan boʻlsin, xoh biror insondan boʻlsin. Shunchaki hamma narsa, hatto qalblar ham Allohning qoʻlida ekanligini yodida saqlagan kimsa har qanday hodisaga tayyor turadi, xayrlisini soʻraydi va uning kutuviga zid ish sodir boʻlsa norozi boʻlmaydi. Chunki u biladi, u hidoyatda turar ekan, hech qachon yutqazmaydi.

©muniyb

Send as a message
Share on my page
Share in the group