UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

#Qurʼondan_oyat

#kitobdan

وَقُل رَّبِّ زِدْني عِلْمًا

"...va: " Robbim ilimni ziyoda qilgin", degin".

Toha surasi, 114-oyat

Iymon kitobidan

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#kitobdan

Eri-yu o'g'lidan, akasidan judo bo'lganini bir onda eshitib yig'lmagan ayol Habibini salomat ko'rib yig'ladi va qalb izhozrini qo'shib qo'ydi: "Sizdan keyin barcha musibat musibat emasdir!"

Banu diynorlik bir ayol

Sevmoq... Jondan ortiq ko'rmoq... Hamma-hammasidan ko'p sevmoq. Bu shunday sevgiki, har sevaman deganning yuzini yerga qaratadi. Bu sevgida habib va mahbubning qadri va qadari bir bo'ladi. Ular bir tan-u bir jonga aylanadilar. Bir-birlariga singinb ketadilar. Bir-birlaridan boshqani ko'rmaydilar. Bilmaydilar. Sezmaydilar. Sevmaydilar. Rosululloh sollallohu alayhi vassallamni shunday sevdilar. Sevgilaridan ortiq sevgini u zot alayhissalomda ko'rdilar. Ota va onalarini jamlab fido qilib sevdilar. Mollari-yu jonlarini sadqa qilib sevdilar. Sevdilar, sevaverdilar. Sevildilar, sevilaverdilar!

Bu ayolning muhabbati bizni Uhud tomon yetaklaydi. Bu pokiza muhabbatning tolei - jannat. Juda og'ir o'tgan jangdan qaytayotgan lashkarni kutib olishga chiqqan odamlar orasida banu diynorlik bir ayol " Rosululloh qanilar!? " - deb qo'shindagilarni so'roqlay boshladi. Unga javoban: " Ering shahid bo'ldi ", dedilar. Ayol yana boshqa biridan " Rosululloh qanilar!? " - deb so'radi. "O'g'ling shahid bo'ldi ", deyishdi Ayol eshitmas, tobora qo'shin ichiga kirib har bir askardan Rosulullohni so'roqlardi. Ular akasi shahid bo'lganining xabarini berishdi. Ayol yana savolini takrorlab qo'shin oralab keza boshladi. Shunda biri unga u zot alayhissalomning salomatligini aytdi va u zotga ishora qildi. Eri-yu o'g'lidan, akasidan judo bo'lganini bir onda eshitib yig'lamagan ayol Habibini salomat ko'rib yig'ladi va qalb izhorini qo'shib qo'ydi: " Sizdan keyin barcha musibat musibat emasdir! "

Yo nasib!.. kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#hadis

#salovat

Abu Tolha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam xursand holda keldilar. Biz: "Yuzingizda xursandchilikni ko‘ryapmiz! (nima bo‘ldi?)", – dedik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mening oldimga farishta (Jabroil alayhissalom) keldi va: "Ey, Muhammad! Robbingiz shunday dedi: "Men sizga bir marta salovot aytgan kishiga o‘nta salovot aytishim va sizga bir marta salom aytgan kishiga o‘nta salom aytishim sizni rozi qilmaydimi", – deb xabar berdi.

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#hadis

#salovat

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: "Qiyomat kunida ummatlarimning menga eng yaqini, menga ularning salovotni eng ko‘p aytuvchilaridir".

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning jannatda menga eng yaqin bo‘ladiganlaringiz menga salovotni ko‘proq aytadiganlaringizdir. Bas, yorug‘ kecha va nurli kunda menga salovot aytishni ko‘paytiringlar», dedilar.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#Qurʼondan_oyat

#salovat

Ahzob surasi, 56 - oyat

إِنَّ اللَّهَ وَمَلَائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

" Аlbatta, Аlloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Unga salovot ayting va salom yoʼllang " .

Send as a message
Share on my page
Share in the group