Muslim_aesthetic Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Yo'lga chiqqan yo'ldan chiqmaslikka urinayotgan odam.

Followers
1
Translation is not possible.

Sev,qiynal,harakat qil ismini tilingda va dilingda takrorla.Muhabbatingni istagan usulingda izhor qil.

U seni eslaydi,Sevgisini his etasan.Qalbingga hotirjamlik yuguradi.U seni yolg'iz qoldirmaydi.

Endi menga ayta olasanmi, Alloh kabi yorni topa olasanmi?

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Afsus.

Ohirgi kitobimni egasiga topshirolmadim.

Kitoblar tarqatildi,bolalar hursand.

Qizchaning qo'llari yo'q ekan.😕

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#tafakkur

Dekabrni yakunlash ishi,

Mandarin-u archa tashvishi,

Bizda balki yo'q balki bordir,

Kissasi bo'sh miskin bir kishi.

To'ldiribla xontaxtalarni,

Noz-ne'matga qorin to'ladi,

Eslamadik g'o'r bolalarni,

Falastinda har kun o'ladi.

Hech o'ylamang ta'sirim yo'q deb,

Alloh hali so'raydi bizdan.

E'tiborsiz qoldirmaylik hech,

G'animimiz ko'p ichimizda.

Afsus afsus bizda qolmadi,

Na bir mehr ummatimizga,

Bu shunchaki befarqlik emas,

Aylanadi kulfatimizga.

Ko'zni oching,bo'ling duoda,

Robbimizga qiling nolalar,

Aldanmang bu yolg'on dunyoda,

Qiyomatda yo'q bahonalar.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#mulohaza

Ota-onamni yaxshi ko'raman.

Ba'zida ularni tushunmayman,

Lekin ular meni doim tushunishadi.

Menga yaxshi bo'ladiganni mendan yaxshi bilishadi.

Ularga baqiraman🙄.

Tushunmaysizlar, baribir bunday emas.

Ammo ular menga baqirmaydilar.

Ota-onamni yaxshi ko'raman🥹

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Aqlli insonlarga qiyin

1. Ilm ortgani sari insonning hayotidagi muammolar kamaymaydi.

Pul ortgan sari ham. Shunchaki oddiy muammolar yo'qolib, boshqa turdagi (qiyinroq va kattaroq) muammolar paydo bo'ladi.

Ba’zilarga katta muammo bo’lib ko’rinadigan narsalar, oddiy qabul qilinadi. Xuddi keyingi muammo sifatida.

2. Aqlli odamlar o'z fikrlarini yetkazishga qiynalishadi. Chunki ular uchun oddiy tuyulgan narsalarni boshqalar bittada tushunmaydi. (curse of knowledge)

3. Odam qancha aqlli bo'lsa o'z xatosini tan olishi shuncha qiyin bo'ladi.

Xato qilganda sodda odam uyatdan qizarsa, aqlli odam qilgan ishini oqlash uchun bahona topib beradi. (Ilmiy nizolar shuning ortidan)

4. Aqlli bo'lish qiyin, lekin aqlli bo'la turib kamtar, sabrli va boshqalarni tushuna oladigan bo'lish undan ham qiyin.

5. Qanday qilib aqlli bo'lib borayotganingni bilish mumkin?

Javoblardan ko'ra savollaringiz, biladigandan ko’ra bilmaydiganingiz ko'payayotganini sezganingizda.

Send as a message
Share on my page
Share in the group