UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Maths teacher

Translation is not possible.

Ona degan nom...

Deydilar qahrli bahodirlar ham

Janglarda jon berar chog'i mardona.

Behad azoblarga chidab so'nggi dam,

Bitta so'z demishlar shivirlab: Ona!

Ulug' bir donishmand olamni sharhlab,

Axiyri tanibdi tuqqan elini.

Zabon baxsh etganga ehtirom aylab,

Ona, deb atabdi ilk bor tilini.

Dunyo shoirlari Vatan sha'niga,

Sifat axtarmishlar qator va qator.

Nihoyat, kelmishlar bitta ma'niga;

Ona Vatan deya bitmishlar ash'or.

Bisyor bo'lsa agar bol ham beqadr,

Takror aytilganda rangsizdir kalom.

Bu yorug' olamda Vatan bittadir,

Bittadir dunyoda Ona degan nom!

©Abdulla Oripov

Bayramingiz muborak aziz ayollar!

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group