Huvillab qolmaydi sensiz bu dunyo,
Do’stlaring zor emas sen bilganchalik.
O’lsam ne bo’lgay deb sira tortma g’am,
Ketganing xabari kelganingchalik.
Har inson zotiga zarurman dema,
Kimgadir tuproqsan, kimgadir olmos.
Xudo saqlasin-u, gohi gohida,
Hatto o’zingga ham keraging qolmas.
Huvillab qolmaydi sensiz bu dunyo,
Do’stlaring zor emas sen bilganchalik.
O’lsam ne bo’lgay deb sira tortma g’am,
Ketganing xabari kelganingchalik.
Har inson zotiga zarurman dema,
Kimgadir tuproqsan, kimgadir olmos.
Xudo saqlasin-u, gohi gohida,
Hatto o’zingga ham keraging qolmas.